VINILXLORID MONOMERI SINTEZI UCHUN KO‘MIR O‘ZAGI ASOSIDAGI MIS (I) XLORIDINI VAQT O‘ZGARISHI BO‘YICHA MIS (II) XLORIDIGA O‘TISHI VA FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINING TADQIQOTI
Muxiddinov B. F. & Sa’dullayev S. M.
Annotatsiya
Simobsiz katalizatorlarni asetilenning gidroxlorlanish jarayonida qo‘llashni rivojlantirish vinilxlorid kimyoviy texnologiyasining dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda, chunki an’anaviy HgCl₂/faollashtirilgan ko‘mir tizimlari toksikologik va ekologik xavflar bilan bog‘liq. Ushbu ishda mis, xlorid kislota, ammoniy xlorid va gazsimon xlor asosida xlorokuprat muhitini hosil qilish hamda keyinchalik mis xlorid zarrachalarini AG-3 va AG-74 faollashtirilgan ko‘mirlariga sorbsion usulda mahkamlashga asoslangan CuCl saqlovchi katalizatorlarni tayyorlash usuli taklif etildi. CuCl eritmasining havodagi barqarorligi, eritmaning uglerodli tashuvchilar tomonidan yutilishi, sirtning funksional tarkibi (IK-spektroskopiya) o‘rganildi. Aniqlanishicha, dastlabki eritma tarkibida 15,4% CuCl va 3,43% CuCl₂ mavjud bo‘lib, uning havoda saqlanishi Cu(I)/Cu(II) nisbatining o‘zgarishiga olib keladi; bu holat ayniqsa 20 °C haroratda 120 soat davomida yaqqol namoyon bo‘ladi. Faollashtirilgan ko‘mir bilan 8 soat davomida kontakt qilish AG-74 uchun yutilish ko‘rsatkichining (1,825) AG-3 ga (1,6125) nisbatan yuqoriroq ekanligini ko‘rsatdi. IK-spektrlar uglerod sirtidagi O–H, C=O va C–O funksional guruhlari mis-xlorid zarrachalarini ushlab turishda ishtirok etishini ko‘rsatadi. Olingan natijalar majmuasi AG-74 ni CuCl saqlovchi fazalarni barqarorlashtirish va vinilxloridning asetilenli sintezi uchun dispers, simobsiz prekatalizatorlarni shakllantirishda yanada istiqbolli tashuvchi ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Minamata Convention on Mercury. Manufacturing processes in which mercury is used: insights. Accessed 11 May 2026.
- Hutchings G.J. Vapor phase hydrochlorination of acetylene: correlation of catalytic activity of supported metal chloride catalysts. Journal of Catalysis. 1985;96(1):292-295. doi:10.1016/0021-9517(85)90383-5.
- Qiao X., Zhao Z.-H., Zhang J. Progress in mercury-free catalysts for acetylene hydrochlorination. Catalysis Science & Technology. 2024;14:3838-3852. doi:10.1039/D4CY00549J.
- Wang T., Jiang Z., Tang Q., et al. Interactions between atomically dispersed copper and phosphorous species are key for the hydrochlorination of acetylene. Communications Chemistry. 2022;5:2. doi:10.1038/s42004-021-00619-7.
- Wang B., Jin C., Shao S., et al. Electron-deficient Cu site catalyzed acetylene hydrochlorination. Green Energy & Environment. 2023;8(4):1128-1140. doi:10.1016/j.gee.2022.01.005.
- Zhang Y., Li S., Qiao X., Guan Q., Li W. Efficient and stable N-heterocyclic ketone-Cu complex catalysts for acetylene hydrochlorination: the promotion effect of ligands revealed from DFT calculations. Physical Chemistry Chemical Physics. 2023;25:25581-25593. doi:10.1039/D3CP02514D.
- Fu Y., Sun X., Zhang J., Huang J. A self-disperse copper-based catalyst synthesized via a dry mixing method for acetylene hydrochlorination. Catalysts. 2024;14(3):207. doi:10.3390/catal14030207.