O‘QITUVCHINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Pulatova M. . & Oʻraqov E. T.
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagog xodimlarning raqamli kompetentligini rivojlantirishning konseptual va amaliy yondashuvlari tadqiq etilgan. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida an’anaviy malaka oshirish tizimining samaradorligi pasayayotganligi sababli, o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishda yangi ekotizimli modelga o‘tish zaruriyati asoslangan. Tadqiqot doirasida Yevropa Ittifoqining o‘qituvchilar uchun raqamli kompetensiya ramkasi (DigCompEdu) metodologik asos qilib olindi va o‘qituvchilarning raqamli tayyorgarlik darajasini baholash uchun aralash metod (miqdori va sifatiy) qo‘llanildi. 120 nafar maktab o‘qituvchisi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma va eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, komponentli va shaxsiylashtirilgan mikro-ta’lim (micro-learning) hamda mentorlik (mentorship) tizimi o‘qituvchilarning raqamli vositalardan maqsadli foydalanish darajasini 34% ga oshirgan. Maqola so‘ngida pedagoglarning raqamli kompetentligini uzluksiz rivojlantirish bo‘yicha milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar
- Ferrari, A. (2013). DigComp: A Framework for Developing and Understanding Digital Competence in Europe. Joint Research Centre, European Commission.
- Redecker, C. (2017). European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu. European Union.
- Voogt, J., & Roblin, N. P. (2012). A comparative analysis of international frameworks for 21st century competences: Implications for national curriculum policies. Journal of Curriculum Studies, 44(3), 299-321.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2020). "Raqamli O‘zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-6079-son.