UGLEROD TOLALARINING POLIPROPILENNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARIGA TA’SIRI

To‘rayev E. R., Quluyeva G. . & Bozorova N. .


Annotatsiya

Mazkur ishning maqsadi blok-sopolimer polipropilen asosidagi kompozitlarda maydalangan uglerod tolalari (5, 10 va 20 massa %) miqdorining struktura shakllanishi, fazalararo o‘zaro ta’sirlar hamda fizik-mexanik xossalar majmuasiga ta’sir qonuniyatlarini aniqlash, shuningdek, mustahkamlik, qattiqlik, issiqlikka chidamlilik va o‘lcham barqarorligi yuqori bo‘lgan konstruksion materiallarni ishlab chiqishdan iborat. Aniqlanishicha, maydalangan uglerod tolalari 5, 10 va 20 massa % miqdorda kiritilganda kompozitning elastiklik moduli mos ravishda 2,73; 3,44 va 4,30 baravar, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa dastlabki blok-sopolimer polipropilenga nisbatan 1,28; 1,72 va 2,00 baravar ortadi. Ko‘rsatildiki, blok-sopolimer polipropilenni maydalangan uglerod tolalari bilan armirlash materiallarning chiziqli kirishishini sezilarli darajada kamaytiradi: dastlabki polipropilen uchun 1,42 % bo‘lgan ko‘rsatkich tolalar miqdori mos ravishda 5, 10 va 20 massa % bo‘lgan kompozitlarda 1,0 %, 0,82 % va 0,6 % gacha pasayadi. Shu bilan birga, kompozitlarning issiqlikka chidamliligi, zarbiy qovushqoqligi va mustahkamlik ko‘rsatkichlari ortadi. Mexanik yuklamalar ta’sirida deformatsiyaning kamayishi va buyumlarning o‘lcham barqarorligining yaxshilanishi aniqlanib, bu konstruksion maqsadlarga mo‘ljallangan polipropilen kompozitsion materiallar yaratishda uglerodli armirlashning yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Mikrostrukturaviy tadqiqotlar maydalangan uglerod tolalarining polimer matritsa bo‘ylab bir tekis taqsimlanganligini hamda mustahkam fazalararo adgeziya shakllanishini ko‘rsatdi. Eng yuqori armirlovchi ta’sir 20 massa % maydalangan uglerod tolasi tarkibida kuzatilib, tashqi yuklamalarni samarali qabul qilish va qayta taqsimlashga qodir fazoviy strukturaning hosil bo‘lishini ta’minlaydi.


Adabiyotlar

  1. Sottiqulov E.S., Turaev E.R., Beknazarov X.S., Jalilov A.T. Issledovanie vliyaniya nanonapolniteley na strukturu i svoystva polipropilena [Investigation of the effect of nanofillers on the structure and properties of polypropylene]. Tashkent, Kompozitsionnye materialy, 2017, 4, 34–36.
  2. Marino Xanthos., Functional Fillers for Plastics. Deutschland, Wiley-vch, 2010, 189–210.
  3. Lipatov Yu.S. Fiziko-khimicheskie osnovy napolneniya polimerov [Physicochemical principles of polymer filling] Moscow, Khimiya, 1991, 235–264.
  4. Zhang Y., Yijun Li., Xuewei He., Mechanical interlock effect between polypropylene/carbon fiber composite generated by interfacial branched fibers. Composites Science and Technology, 2018, 167, 1–6. –DOI: 10.1016/j.compscitech.2018.07.030.
  5. Shaikh H., Effect of carbon fiber as secondary filler on the electrical, thermal and rheological properties of carbon fiber/polypropylene composites. Journal of Polymer Engineering, 2020, 38(6). –DOI: 10.1515/polyeng-2017-0121.
  6. Hamid Yazdani , Nayereh Sadat M. The effect of different mixing methods on morphology and mechanical properties of PP/EPDM/talc blend. Polymer and polymer composites. Sage Journals 2021, 4636–4649. – DOI: 10.1177. /Journals.sagepub.com
  7. Ji-un Jang, Sang Jun Youn, Seong Yun Kim and Min Park. Effect of polypropylene-grafted-maleic anhydride content on physical properties of carbon fiber reinforced polypropylene composites. Functional Composites and Structures, 2020, 2, –DOI 10.1088/2631-6331/abd374.
  8. Varga LJ and Barany T. Development of polypropylene-based single-polymer composites with blends of amorphous poly-alpha olefin and random polypropylene copolymer. Polymers, 2020, 12, 1429.
  9. Zhenxian Chen, Yingying Wang, Zhao Li, Control of nano-cavitation in semi-crystalline polymer nanocomposites during uniaxial tension: In situ synchrotron X-ray study. Elsevier, 2024, 296, 126786.
  10. Karsli N.G., Aytac A. Effects of maleated polypropylene on the morphology, thermal and mechanical properties of short carbon fiber reinforced polypropylene composites. Materials & Design, 2011, 32(7), 4069–4073. DOI: 10.1016/j.matdes.2011.03.021.
  11. Harri Junaedi, Muneer Baig, Abdulsattar Dawood. Mechanical and Physical Properties of Short Carbon Fiber and Nanofiller-Reinforced Polypropylene Hybrid Nanocomposites. Polymers (Basel), 2020, 29,12(12), 2851. DOI: 10.3390/polym12122851