YASSI VA VAKUUM QUYOSH KOLLEKTORLARI ASOSIDA TRANSFORMATOR MOYINI TOZALOVCHI MOBIL MINI PROTOTIP QURILMANI MODELLASHTIRISH
Qoʻchqorov A. A. & Sarsenbaev D. B.
Annotatsiya
Maqolada transformator moyini quyosh issiqligi yordamida qizdirish, ketma-ket mexanik, magnit va adsorbent filtrlardan o‘tkazish hamda vakuum ostida namlik va erigan gazlarni kamaytirishga mo‘ljallangan mobil mini prototip qurilma modeli taklif etilgan. Yassi va vakuum kollektorli variantlar bir xil boshlang‘ich sharoitlarda qiyoslandi. 1 litr moyni 25 °C dan 80 °C va 100 °C gacha qizdirish uchun nazariy energiya sarfi, kollektorlarning real foydali quvvati, qizdirish davomiyligi va sirkulyatsion nasos energiya sarfi hisoblandi. Model natijalariga ko‘ra, vakuum kollektorli variant 80 °C rejimida qizdirish vaqtini 39,2 minutdan 31,3 minutgacha, nasos sarfini esa 0,0327 kWh dan 0,0261 kWh gacha kamaytiradi. Natijalar vakuum kollektorli yechimning yuqori haroratli kichik hajmli moyni qayta ishlash jarayonlari uchun istiqbolli ekanini ko‘rsatadi. Biroq yakuniy samaradorlikni baholash uchun tajribaviy harorat, namlik va dielektrik mustahkamlik ko‘rsatkichlari bilan validatsiya talab etiladi.
Adabiyotlar
- IEC 60422:2024. Mineral insulating oils in electrical equipment — Supervision and maintenance guide.
- IEC 60296:2020. Fluids for electrotechnical applications — Mineral insulating oils for electrical equipment.
- IEC 60814:1997. Insulating liquids — Oil-impregnated paper and pressboard — Determination of water by automatic coulometric Karl Fischer titration.
- Greco A., Gundabattini E., Gnanaraj D.S., Masselli C. A Comparative Study on the Performances of Flat Plate and Evacuated Tube Collectors Deployable in Domestic Solar Water Heating Systems in Different Climate Areas. Climate, 2020, 8(6), 78.
- Olczak P., Matuszewska D., Kryzia D. The Comparison of Solar Energy Gaining Effectiveness between Flat Plate Collectors and Evacuated Tube Collectors with Heat Pipe: Case Study. Energies, 2020, 13(7), 1829.
- Said S.A.M. et al. An Experimental Comparison of the Performance of Evacuated-Tube Solar Collectors. Sustainability, 2023, 15(6), 5533.
- Qian Y. et al. Diagnosis and remedial procedure of transformer insulation deterioration using hot-oil circulation and vacuum oil filtering. IEEE, 2018.
- Tiwari R. et al. Hazardous effects of waste transformer oil and its prevention. 2024.
- Sarsenbaev D.B. Yassi va vakuum quyosh kollektorlari yordamida transformator moyini tozalash tizimining mobil mini prototip qurilmasini modellashtirish va loyihalash. Tadqiqot materiali, Toshkent, 2026.