GLYUTEN VA O‘SIMLIK OQSILI KOMPOZITLARINING BO‘KISH XUSUSIYATLARI VA YUQORI HARORATLI SILJITISH TA’SIRIDA FIBRILLYAR STRUKTURA SHAKLLANISH QONUNIYATLARI
Sobuddinov S. M., Qanoatov X. M. & Dadamirzayev M. H.
Annotatsiya
Maqolada glyuten va o‘simlik oqsillari asosidagi kompozision tizimlarning bo‘kish xususiyatlari hamda yuqori haroratli siljitish ta’sirida fibrillyar struktura shakllanish qonuniyatlari tadqiq etilgan. Glyutenning uzluksiz oqsil fazasi sifatidagi roli, o‘simlik oqsillari bilan mexanik o‘zaro ta’siri va suvni yutish jarayonidagi strukturaviy o‘zgarishlar tahlil qilingan. Shuningdek, yuqori harorat va siljish ta’sirida oqsillarning denaturatsiyasi, agregatlanishi va qayta tashkillanishi natijasida anizotrop va fibrillyar struktura hosil bo‘lish mexanizmlari baholangan. Olingan natijalar glyuten–o‘simlik oqsili kompozisiyalarining bo‘kish darajasi, mexanik xususiyatlari va strukturalanish qobiliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash hamda o‘simlik oqsillari asosida go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulotlar uchun maqbul teksturaviy xususiyatlarni shakllantirish imkonini beradi.
Adabiyotlar
- Sui X., Zhang T., Zhang X., Jiang L. High-Moisture Extrusion of Plant Proteins: Fundamentals of Texturization and Applications // Annual Review of Food Science and Technology. – 2024. – Vol. 15. – P. 125–149.
- Остриков А.Н., Абрамов О.В., Логинов А.В. и др. Экструзионная технология пищевых текстуратов // Пищевая промышленность. – 2007. – № 9. – С. 18–20.
- Асраркулова А.С., Булушова Н.В. Пшеничный глютен и его гидролизаты. Возможные направления практического использования. Обзор // Биотехнология. – 2018. – Т. 34, № 4. – С. 6–17бет.
- Physicochemical properties, structural characteristics and protein digestibility of pea protein-wheat gluten composited meat analogues prepared via high-moisture extrusion // Food Hydrocolloids. – 2024. – Vol. 156. – 110283.
- Bondu C., Gimeno F., Evon P., Vaca-Medina G., Rouilly A. Use of FTIR to study secondary structure of texturized plant proteins by high moisture extrusion cooking, a comprehensive review // Food Research International. – 2024. – Vol. 197. – 115147.
- Куликов Д.С., Гольдштейн В.Г., Страхова С.А. Технология производства клейковины и крахмала с учетом влияния технологических параметров // Вестник КрасГАУ. – 2018. – № 3 (138). – С. 172–175