FASLLAR ALMASHINUVINING ODAM VA HAYVONLARDA GORMONAL FON (MELATONIN, KORTIZOL) VA FAOLLIK RITMIGA TA'SIRI
Anvarjonova D. B.
Annotatsiya
Maqolada yil davomida kun uzunligi va yorug‘lik rejimining o‘zgarishi odam hamda hayvon organizmidagi gormonal muvozanatga, xususan melatonin va kortizol miqdoriga qanday ta'sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi. Kun uzunligi ya’ni, fotoperiod bu epifiz bezida melatonin ishlanishini va buyrak usti bezi po‘stlog‘ida kortizol chiqishini yo‘naltiruvchi tabiiy soat vazifasini bajaradi. Bundan tashqari mazkur ishda odamlarda qish va yoz oylarida melatonin cho‘qqisining o‘zgarishi, tongi kortizol ko‘tarilishining fasl bo‘yicha tebranishi, shuningdek mavsumiy ko‘payuvchi hayvonlar fotoperiodik signalning gormonal boshqaruvga aylanish yo‘li tahlil qilingan. Yig‘ilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kuz-qish oylarida qorong‘ulik uzayishi bilan melatonin ishlab chiqarilish muddati cho‘zilib, bu holat asab tizimi faolligi, uyqu-uyg‘onish tartibi va gonadotrop gormonlar sekretsiyasiga bilvosita ta'sir ko‘rsatadi. Odamlarda uchraydigan mavsumiy affektiv holat (SAD) aynan shu jarayon bilan izohlanadi.
Adabiyotlar
- Karlsson B. et al. Annual variation in daily light exposure and circadian change of melatonin and cortisol concentrations at a northern latitude with large seasonal differences in photoperiod length // Journal of Physiological Anthropology. - 2016. - Vol. 35, Art. 33.
- Sex and Seasonal Variations in Melatonin Suppression and Alerting Response to Light // PMC (National Library of Medicine). - 2025. - URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC12603368/
- Circadian Biomarkers in Humans: Methodological Insights into the Detection of Melatonin and Cortisol // PMC (National Library of Medicine). - 2025. - URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC12293921/
- Bao Q., Gu W., Song L. et al. The Photoperiod-Driven Cyclical Secretion of Pineal Melatonin Regulates Seasonal Reproduction in Geese (Anser cygnoides) // International Journal of Molecular Sciences. - 2023. - Vol. 24(15), 11998.
- D'Occhio M.J., Suttie J.M. The role of the pineal gland and melatonin in reproduction in male domestic ruminants // Animal Reproduction Science. - 1992. - Vol. 30, No. 1-3. - P. 135 –155.
- Simonneaux V., Ribelayga C. Melatonin Controls Seasonal Breeding by a Network of Hypothalamic Targets // Neuroendocrinology. - 2009. - Vol. 90(1). - P. 1–14.
- Биомедицина ва амалиёт журнали (Journal of Biomedicine and Practice). - Тошкент, Ўзбекистон: Tadqiqot.uz нашриёти. - URL: http://www.tadqiqot.uz/
- Фундаментал ва клиник тиббиёт ахборотномаси. - Бухоро давлат тиббиёт институти, Ўзбекистон. - URL: https://bsmi.uz/