SHOLI UNIDAN MAZALI VA SIFATLI PISHIRIQLAR TAYYORLASH
Shadiyeva M. S. & Ergasheva X. B.
Annotatsiya
Ushbu maqolada sholi unidan mazali, sifatli va iste’molchilar talabiga javob beradigan pishiriqlar tayyorlashning zamonaviy texnologik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sholi uni tarkibida kleykovina hosil qiluvchi oqsillar mavjud emasligi sababli uni non-bulka va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llash bug‘doy unidan texnologik jihatdan farq qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi sholi unining fizik-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda pishiriqlarning ta’mi, hidi, rangi, tuzilishi, g‘ovakligi va umumiy iste’mol qiymatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sholi unining zarracha o‘lchami, suvni yutish qobiliyati, kraxmalning xususiyatlari va retsepturadagi qo‘shimcha komponentlar tayyor mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, mayda zarrachali sholi unidan foydalanish pishiriqlarning yumshoqligi, g‘ovakligi va iste’mol xususiyatlarini yaxshilashi mumkin. Shuningdek, suli uni, dukkakli ekinlar uni, oziqaviy tolalar va boshqa funksional komponentlardan foydalanish mahsulotning oziqaviy qiymatini oshirish imkonini beradi. Maqolada sholi unidan pechenye, keks, biskvit va boshqa pishiriqlar ishlab chiqarish istiqbollari ham yoritilgan.
Adabiyotlar
- Advanced properties of gluten-free cookies, cakes, and crackers: A review. Trends in Food Science & Technology, 103, 200–213. 2020.
- Gluten-free cookies: A comprehensive review of substitutes for wheat flour. Food and Humanity, 4, 100549. 2025.
- Study on the Characteristics of Fine Rice Flour by Micro-Crushing and Its Effects on the Quality Improvement of Rice Cakes. Foods, 13(22), 3565. 2024.
- Heat–moisture treatment of rice grains affects starch digestibility and quality of low-gluten cookies made from blended wheat flour and treated rice flours. Applied Food Research. 2026.
- Broccoli seed sprouts as a functional ingredient in gluten-free cake based on rice flour. Applied Food Research. 2025.
- Effects of oat flour on rice flour and fermented rice cake: Processing properties, quality attributes, and starch digestive characteristics. Carbohydrate Polymers, 367, 123989. 2025.
- Assessing rice flour-starch-protein mixtures to produce gluten free sugar-snap cookies. LWT – Food Science and Technology, 67, 127–132.
- Rice and buckwheat flour characterisation and its relation to cookie quality. Food Research International, 48(1), 277–283.
- Effect of flour properties on the quality characteristics of gluten free sugar-snap cookies. LWT – Food Science and Technology.
- Effects of starch gelatinization, rheological properties, and a top cover on the height of steamed cakes made with rice flour and wheat flour. Journal of Cereal Science, 123, 104194. 2025.