MAGISTRANTLARDA ILMIY-TADQIQOT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASINING EKSPERIMENTAL VA STATISTIK SAMARADORLIGI

Parmanov J. T.


Annotatsiya

Maqolada magistrantlarning ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan takomillashtirilgan metodologiyaning eksperimental va matematik-statistik samaradorligi baholandi. Pedagogik tajriba 2023-yil sentabrdan 2026-yil maygacha Namangan davlat pedagogika instituti, Guliston davlat pedagogika instituti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oʻtkazildi. Tadqiqotga jami 300 nafar birinchi bosqich magistranti jalb qilinib, 150 nafari tajriba va 150 nafari nazorat guruhiga ajratildi. Tajriba guruhida “muammo- izlanish-dalil-tahlil-taqdimot-refleksiya” mantigʻiga asoslangan bosqichli tadqiqot topshiriqlari, ilmiy seminar, peer-review, elektron portfolio, maʼlumotlar laboratoriyasi, mikrohimoya, refleksiv yozuv va muntazam ilmiy rahbarlik qoʻllandi. Yakunda tajriba guruhida yuqori darajadagi magistrantlar soni 14 nafardan 60 nafarga oshdi, past daraja esa 58 nafardan 24 nafarga kamaydi. Tajriba guruhining oʻrtacha ko'rsatkichi 4,24, nazorat guruhiniki 3,78 bo'ldi. Styudent mezoni T=5,83, Pirson mezoni χ²=32,76 (p<0,001) natijalarini berdi. Tajriba guruhi uchun 95% ishonch oraligʻi 4,126-4,354, nazorat guruhi uchun 3,675-3,885 bo'lib, intervallar ustma-ust tushmadi. Natijalar takomillashtirilgan metodologiyaning statistik va mazmuniy samaradorligini ko'rsatdi.


Adabiyotlar

  1. Creswell, J. W., & Creswell, J. D. Research Design: Qualitative, Quantitative, and Mixed Methods Approaches. 5th ed. SAGE, 2018.
  2. Student. The Probable Error of a Mean. Biometrika. 1908;6(1):1–25.
  3. Pearson, K. On the Criterion that a Given System of Deviations from the Probable in the Case of a Correlated System of Variables Is Such that It Can Be Reasonably Supposed to Have Arisen from Random Sampling. Philosophical Magazine. 1900;50:157–175.
  4. Black, P., & Wiliam, D. Assessment and Classroom Learning. Assessment in Education: Principles, Policy & Practice. 1998;5(1):7–74.
  5. Kolb, D. A. Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. Prentice Hall, 1984.
  6. Schön, D. A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. Basic Books, 1983.
  7. Biggs, J., & Tang, C. Teaching for Quality Learning at University. 4th ed. Open University Press, 2011.
  8. European Commission. ResearchComp: The European Competence Framework for Researchers. Brussels, 2023.