O‘ZBEKISTONNING KESKIN KONTINENTAL IQLIMIDA YASSI VA VAKUUMLI QUYOSH KOLLEKTORLARINING QIYOSIY ENERGIYA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Sharipov Q. A. & Sarsenbaev D. B.
Annotatsiya
Ushbu ishda yassi plastinali va vakuum quvurli quyosh kollektorlarining energetik xususiyatlari O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimi nuqtayi nazaridan qiyosiy baholandi. Turli iqlimlarda olingan natijalar solishtirma foydali issiqlik, o‘rtacha FIK, issiqlik yo‘qotishlari va mavsumiy barqarorlik mezonlari bo‘yicha yagona tahlil sxemasida qayta ko‘rib chiqildi. Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, vakuumli kollektor sovuq yoki yuqori haroratli ish rejimlarida ustunlikka ega, yassi kollektor esa absorber harorati tashqi muhit haroratiga yaqin bo‘lgan davrlarda energetik va iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh bo‘lib qoladi. O‘zbekiston uchun kollektor turini mavsumiy tanlashni soddalashtiruvchi K_KI kontinental iqlim koeffitsiyenti taklif qilindi. Natijalar yil bo‘yi issiq suv tayyorlash tizimlarida vakuumli kollektorni, bahor-yoz mavsumidagi past haroratli yuklamalarda esa yassi kollektordan foydalanishni maqsadga muvofiq deb ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Ayompe L.M., Duffy A., Mc Keever M., Conlon M., McCormack S.J. Comparative field performance study of flat plate and heat pipe evacuated tube collectors (ETCs) for domestic water heating systems in a temperate climate. Energy, 2011, 36(5), 3370–3378. DOI: 10.1016/j.energy.2011.03.034.
- Zambolin E., Del Col D. Experimental analysis of thermal performance of flat plate and evacuated tube solar collectors in stationary standard and daily conditions. Solar Energy, 2010, 84(8), 1382–1396. DOI: 10.1016/j.solener.2010.04.020.
- Sakhrieh A., Al-Ghandoor A. Experimental investigation of the performance of five types of solar collectors. Energy Conversion and Management, 2013, 65, 715–720. DOI: 10.1016/j.enconman.2011.12.038.
- Maraj A., Londo A., Firat C., Gebremedhin A. Comparison of the Energy Performance between Flat-plate and Heat Pipe Evacuated Tube Collectors for Solar Water Heating Systems under Mediterranean Climate Conditions. Journal of Sustainable Development of Energy, Water and Environment Systems, 2019, 7(1), 87–100. DOI: 10.13044/j.sdewes.d6.0228.
- Rashidov Yu.K. Current State and Ways of Further Improvement of Solar Heat Supply Systems and Their Implementation in the Sharply Continental Climate of Uzbekistan. Applied Solar Energy, 2024, 60(4), 617–628. DOI: 10.3103/S0003701X23602041.