TRANSFORMATOR MOYINI TOZALASH UCHUN QUYOSH ENERGIYASIDA ISHLOVCHI MOBIL PROTOTIP QURILMA SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Sharipov Q. A., Sarsenbaev D. B., Shermatov B. A. & Tursunov D. A.


Annotatsiya

Mazkur maqolada transformator mineral izolyatsion moyini ekspluatatsiya joyining o‘zida tozalashga mo‘ljallangan, fotoelektrik manbadan oziqlanuvchi mobil prototip qurilmaning texnologik va energetik samaradorligi tahlil qilindi. Qurilma mexanik filtrlash, nazoratli qizdirish, vakuumli suvsizlantirish va degazatsiya, nozik yakuniy tozalash hamda PV–akkumulyator–invertor energiya konturidan tashkil topadi. 100 L moy uchun issiqlik va elektr energiyasi balansi hisoblanib, bir siklning tizim kirishidagi energiya talabi 4,295 kWh, solishtirma energiya sarfi 42,95 Wh/L deb aniqlandi. 1,8 kWp fotoelektrik tizim, 5 ekvivalent quyosh-soat va PR=0,80 sharoitida 7,20 kWh/kun energiya ishlab chiqarishi hisoblandi. Ishning ilmiy yangiligi sifatida moyning dielektrik mustahkamligi, namlik kamayishi va solishtirma energiya sarfini yagona mezonda bog‘lovchi K_SE integral samaradorlik koeffitsiyenti taklif etildi. Mazkur mezon mobil qurilmaning tozalash sifati va energiya samaradorligini bir vaqtda baholash imkonini beradi.


Adabiyotlar

  1. Birajdar V., Deshmukh G.D. Study, Design & Manufacturing of Mobile Transformer Oil Filter Plant, Degassing & Drying Unit. International Journal of Innovation and Scientific Research, 2015, 17(2), 230–235.
  2. Abdi S., Harid N., Safiddine L., Boubakeur A., Haddad A.M. The Correlation of Transformer Oil Electrical Properties with Water Content Using a Regression Approach. Energies, 2021, 14(8), 2089. DOI: 10.3390/en14082089.
  3. Safiddine L., Zafour H.-Z., Rao U.M., Fofana I. Regeneration of Transformer Insulating Fluids Using Membrane Separation Technology. Energies, 2019, 12(3), 368. DOI: 10.3390/en12030368.
  4. Nasrat L., Abdelwahab M., Ismail G. Improvement of Used Transformer Oils with Activated Bentonite. Engineering, 2011, 3, 588–593. DOI: 10.4236/eng.2011.36070.
  5. Yusupov D., Avazov B. Experimental analysis of the process of purifying transformer oil from various impurities under the influence of a constant electric field and assessment of mathematically modeled results. Vibroengineering Procedia, 2025.
  6. IEC 60422:2024. Mineral insulating oils in electrical equipment — Supervision and maintenance guidance. International Electrotechnical Commission.
  7. IEC 60156:2025. Insulating liquids — Determination of the breakdown voltage at power frequency — Test method. International Electrotechnical Commission.
  8. IEC 60814:1997. Insulating liquids — Oil-impregnated paper and pressboard — Determination of water by automatic coulometric Karl Fischer titration. International Electrotechnical Commission.