IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA BUXORO, OLOT VA QORAKO‘L TUMANLARINING TUPROQLARINING SO‘NGI 31 YILDA SHO‘RLANISH DINAMIKASI VA SABABLARI (1995–2025).
Jumayev Z. Z. & Ishchanov J. K.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining Buxoro, Olot va Qorako‘l tumanlarida tuproq sho‘rlanishiga iqlim o‘zgarishi va sug‘orish usullarining birgalikdagi ta’siri 1995–2025 yillar davomidagi uzoq muddatli empirik ma’lumotlar asosida tizimli baholangan. Tadqiqotda meteorologik stansiyalarning 31 yillik iqlim ma’lumotlari, meliorativ ekspeditsiyaning sho‘rlanish va sizot suvlari sathi monitoringi natijalari, suv-tuz balansi hisob-kitoblari hamda paxta va bug‘doy hosildorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Pearson korrelyatsiya va ko‘p omilli regressiya tahlillari orqali sizot suvi sathi va sho‘rlanish o‘rtasidagi eng kuchli statistik bog‘liqlik (R = +0,71 dan +0,82 gacha, R² = 0,65) isbotlangan. Ko‘p omilli regressiya modeli sho‘rlanish dinamikasining 72 foizini tushuntirgan. 2026–2050 yillar uchun uchta prognoz senariysi ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar
- Xie E. et al. Climate warming and intensive agricultural activity coupling alter soil salinization // Science of The Total Environment. – 2025. – Vol. 964. – P. 178386.
- Kramer I., Peleg N., Mau Y. Soil salinity response to changing climate and irrigation // Agricultural Water Management. – 2025. – Vol. 312. – P. 109396.
- Hassani A. et al. Predicting long-term dynamics of soil salinity and sodicity // Nature Communications. – 2021. – Vol. 12. – P. 6621.
- Shahabi M. et al. Spatial and time-lapse analysis of soil salinity using playa and global climate indices // Environmental Monitoring and Assessment. – 2023. – Vol. 195. – P. 1497.
- Zhang Y. et al. Multi-year saline water irrigation for cotton: yield, soil salinity and crop water productivity // Agricultural Water Management. – 2024. – Vol. 304. – P. 109104.
- Hu X. et al. Saline water irrigation effects on soil salinity and crop yield // Agricultural Water Management. – 2024. – Vol. 295. – P. 108808.
- Pulatov A. et al. Modeling climate change impact on soil salinization // Field Crops Research. – 2023. – Vol. 303. – P. 109106.
- Mukhopadhyay R. et al. Soil salinity under climate change // Journal of Environmental Management. – 2021. – Vol. 280. – P. 111736.
- FAO. Global Map of Salt-affected Soils. – Rome, 2021.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil PQ-903-son Qarori.
- Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-son qarori.