RAQAMLI IQTISODIYOT VA YASHIL INNOVATSIYALAR SINERGIYASI: BARQAROR RIVOJLANISHNING YANGI DRAYVERI

Saxatova S. O. & Yoqubov M. E.


Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot va yashil innovatsiyalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, ya’ni xalqaro ilmiy adabiyotlarda “twin transition” — “ikki tomonlama o‘tish” deb yuritiladigan jarayon barqaror rivojlanishning yangi drayveri sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt (SI), Internet of Things (IoT), katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar, raqamli egizaklar (Digital Twins), blokcheyn va aqlli energetika tizimlarining resurslardan foydalanish samaradorligi, energiya tejamkorligi va uglerod chiqindilarini kamaytirishdagi roli ochib beriladi. Xalqaro tajriba va OECD tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 2016–2020-yillarda xalqaro patentlarning 2,5 foizi bir vaqtning o‘zida raqamli va ekologik texnologiyalarga tegishli bo‘lgan. Biroq 2005–2020-yillarda twin transition texnologiyalariga oid patentlar yiliga o‘rtacha 9,7 foiz sur’atda o‘sib borgan. Bu raqamli va yashil texnologiyalar kesishmasi hali nisbatan kichik bo‘lsa-da, eng tez rivojlanayotgan innovatsion yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston misolida esa yashil energetika va raqamlashtirishning parallel rivojlanishi tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 2022-yilda quyosh va shamol stansiyalari 434 mln kVt·soat elektr ishlab chiqargan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 10,5 mlrd kVt·soatga yetdi. 2026-yil yanvar–iyul oylarida esa yana 7 mlrd kVt·soat yashil energiya ishlab chiqarildi. 2022-yildan 2026-yil iyuligacha 23,4 mlrd kVt·soatdan ortiq yashil energiya ishlab chiqarilib, qariyb 6,24 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalgan va 13,46 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olingan.


Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son qarori. “2019–2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlari.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. “Yashil energiya” ishlab chiqarish bo‘yicha 2022–2026-yillar ma’lumotlari.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. 2025-yilda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Gross Domestic Product of the Republic of Uzbekistan, 2025.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Communication and informatization services, 2025.
  7. OECD. Quantifying Digital Innovation for the Twin Transition. OECD Publishing, 2025.
  8. OECD. Twin transition innovation and patent indicators, 2025
  9. Bitkom & Accenture. Klimaeffekte der Digitalisierung 2.0, 2024
  10. Hexagon. The Digital Twin Industry Report.
  11. European Commission. Materials on the digital and green twin transition.
  12. World Bank. Uzbekistan Digital Inclusion and Digital Economy related reports.
  13. Invest Uzbekistan. Innovation and Digital. 2026.
  14. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan materiallari.
  15. Bruno, R. L. et al. A critical evaluation of digitalisation and green measures for advancing twin transition metrics. Discover Sustainability, 2026.
  16. Le, T. H., Mai, M. L., Nguyen, M. Q. T. et al. Examining the role of environmental tax, green innovation, and digital financial inclusion for energy transition: Evidence from OECD countries. Research in Economics, 2025.