TARIXIY OB’EKTLARGA ARALASHUV DARAJALARINI TANLASH MEZONLARI VA RAQAMLI DIAGNOSTIKA ASOSIDA RESTAVRATSIYA QARORLARINI QABUL QILISH
Djurayev M. U.
Annotatsiya
Maqolada Buxoro tarixiy markazi sharoitida tarixiy ob’ektlarga aralashuv darajasini tanlashning ilmiy-metodologik asoslari ishlab chiqiladi. Tarixiy ob’ektning moddiy saqlanganligi, autentiklik darajasi, konstruktiv xavfi, shaharsozlik-morfologik ahamiyati, funksional ehtiyoji hamda mahalla va turistik bosim ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash taklif etiladi. Konservatsiya va monitoring, ilmiy restavratsiya va cheklangan ta’mir, funksional adaptatsiya bilan ehtiyotkor modernizatsiya hamda xavfsizlik talablari asosidagi cheklangan rekonstruktiv aralashuvdan iborat to‘rt darajali tizim shakllantiriladi. Raqamli diagnostika, 3D lazerli skanerlash, fotogrammetriya, GIS va HBIM texnologiyalarini qaror qabul qilish jarayoniga integratsiya qilish orqali restavratsiya qarorlarining dalilliligi, shaffofligi va qayta tekshiriluvchanligini oshirish imkoniyatlari asoslanadi. Taklif etilayotgan mezonlar tizimi Buxoro tarixiy muhitining morfologik yaxlitligi, autentikligi va ijtimoiy hayotiyligini saqlashga yo‘naltirilgan.
Adabiyotlar
- Jokilehto J. A History of Architectural Conservation. — Oxford: Butterworth-Heinemann, 1999. — 354 p.
- Feilden B.M. Conservation of Historic Buildings. 3rd ed. — Oxford: Architectural Press, 2003. — 388 p.
- ICOMOS. International Charter for the Conservation and Restoration of Monuments and Sites (The Venice Charter). — Venice: ICOMOS, 1964. — 4 p.
- ICOMOS. Charter for the Conservation of Historic Towns and Urban Areas (Washington Charter). — Washington, D.C.: ICOMOS, 1987. — 4 p.
- ICOMOS. Charter – Principles for the Analysis, Conservation and Structural Restoration of Architectural Heritage. — Victoria Falls, Zimbabwe: ICOMOS, 2003. — 4 p.
- Australia ICOMOS. The Burra Charter: The Australia ICOMOS Charter for Places of Cultural Significance. — Burwood, Victoria: Australia ICOMOS, 2013. — 24 p.
- UNESCO. Recommendation on the Historic Urban Landscape. — Paris: UNESCO, 2011. — 7 p.
- World Heritage Centre / ICOMOS. Report on the Joint World Heritage Centre/ICOMOS Reactive Monitoring Mission to the Historic Centre of Bukhara (Uzbekistan), 25–29 March 2016. — Paris: UNESCO World Heritage Centre, 2016. — 42 p.