ASTRAGALUS CAMPYLORRHYNCHUS O‘SIMLIGI TARKIBIDAGI KIMYOVIY ELEMENTLAR TAHLILI

G‘ulomjonov D. D., Xo‘jayev V. U. & Botirov R. A.


Annotatsiya

Mazkur maqolada Astragalus campylorrhynchus o‘simligi tarkibidagi biologik faol birikmalar va mineral elementlar ilk marotaba keng ko‘lamda o‘rganildi. O‘simlik namunalarini yig‘ish Chotqol va Qurama tog‘larining Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida 2025-yil may oyida amalga oshirildi. Namunalarda flavonoidlar, aminokislotalar, vitaminlar hamda makro va mikroelementlarning miqdoriy tahlili olib borildi. Natijalarga ko‘ra, po‘stloqda kaliy va rutin, poya-bargda rabinin va kalsiy, urug‘da esa rutin va prolin yuqori miqdorda qayd etildi. Shuningdek, barg va urug‘larda B guruhi vitaminlari va C vitamini ko‘pligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Astragalus campylorrhynchus o‘simligini funksional oziq-ovqat mahsulotlari va farmatsevtik preparatlar ishlab chiqishda istiqbolli manba sifatida qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. Bratkov VM, et al. Flavonoids from the Genus Astragalus: Phytochemistry and Biological Activity.
  2. Li S., et al. Bioactive components and clinical potential of Astragalus.
  3. P. Wang, et al. A review of the botany, phytochemistry, traditional uses, pharmacology, and toxicology of Astragalus.
  4. Abd Elkader HTAE, et al. Astragalus species: Phytochemistry, biological actions and therapeutic prospects.
  5. X Li, et al. A Review of Recent Research Progress on the Astragalus genus.
  6. Abdallah WE, et al. Phytochemical and biological investigation of Astragalus species.
  7. Aydemir E, et al. Phytochemical and Biological Investigations of Crude Extracts of Astragalus pisidicus.
  8. Research on “Phytochemical analysis and antioxidant activity of the herb of four types of Astragalus belonging to the section Dissitiflori DC.”
  9. Abd Elkader, H. T. A. E., El Gohary, H. M. A., Abdelhamid, A. M., & Abdelhady, S. A. (2022). Astragalus species: Phytochemistry, biological actions and therapeutic prospects. Phytochemistry, 203, 113369. https://doi.org/10.1016/j.phytochem.2022.113369
  10. Abdallah, W. E., Al-Salahi, R., Al-Farhan, A. H., & Alqasoumi, S. I. (2024). Phytochemical and biological investigation of Astragalus species. Plants, 13(8), 1892. https://doi.org/10.3390/plants13081892
  11. Bratkov, V. M., Shkondina, T., Shikov, A. N., Pozharitskaya, O. N., Makarov, V. G., & Tikhonov, V. P. (2016). Flavonoids from the genus Astragalus: Phytochemistry and biological activity. Pharmaceutical Chemistry Journal, 50(10), 678–690. https://doi.org/10.1007/s11094-016-1496-6