TO‘QUV DASTGOHLARIDA TARKIBLI ROLIKLAR BILAN JIHOZLANGAN MUSHTUMCHALI BATAN MEXANIZMLARINING KINEMATIK TADQIQI
Xudayberdiyeva M. A.
Annotatsiya
Mazkur maqolada to‘quv dastgohi batan mexanizmini tarkibiy roliklar va rezinali qayishqoq vtulka bilan jihozlangan mushtumchali mexanizm asosida kinematik tahlil qilish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda matoni shakllantirish jarayonida koromislo uchi, ya’ni berdo harakatining talab etiladigan qonuniyatini ta’minlash uchun rolik rezina elementining deformatsiyalanishi hisobga olinadi. Yopiq vektorlar uslubi va yuqori kinematik juftliklar qonuniyatlariga tayangan holda shatun va koromislo uzunliklari, burilish burchaklari hamda ularning o‘zgarish xususiyatlari aniqlanadi. Olingan natijalar rezinali vtulkaning maksimal siqilish va cho‘zilish deformatsiyasi koromislo burchak siljishining amplitudasi va shakliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Grafik tahlil asosida elastik element deformatsiyasi ortishi urilish zonasida burchak siljishining chiziqli bo‘lmagan tarzda ko‘payishiga olib kelishi aniqlangan. Natijalar to‘quv dastgohida matoni shakllantirish sifatini oshirish uchun batan mexanizmi parametrlarini asosli tanlash imkonini beradi.
Adabiyotlar
- O‘zR Patenti, №IAP 7977 To‘qimachilik dastgohining batan mexanizmi / Xudayberdiyeva M.A., Djurayеv A., Madraximov Sh.X. // B.I. -2025. Byul. №4 (289).
- Xudayberdiyeva M.A., Djurayev A. Mushtumchali mexanizmlarning konstruktiv xususiyatlari va ularni tikomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar tahlili // Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy jurnal. – Buxoro, 2024. -№3.- B. 278-286. (05.00.00 №24).
- Xudayberdiyeva M.A., Djurayev A. Qayishqoq elementli mushtumchali mexanizmlarning samarali sxemalarini ishlab chiqish // Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy jurnal. – Buxoro, 2024. -№4 -B. 261-266. (05.00.00№24).
- Xudayberdiyeva M.A., Djurayеv A., Urmanov N.T. Kinematic analysis of a cam mechanism with elastic elements of paired cams of a boel mechanism of a weaving loom // Scientific And Technical Journal Namangan Institute of Engineering And Technology Volumе 7 Issuе 3, Namangan, 2022. - P: 33-38. (05.00.00 №33).
- Xudayberdiyeva M.A, Djurayеv A. Improvement of the loom batan mechanism// “Paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami. Termiz, 2023. - B. 32-34.
- Худайбердиева M.A Кулачковый батанный механизм с составными роликами и пружинным накопителем энергии // International conference on advance and technology.Volumе 01 Issuе 07,U.K London, 2024. - P. 25-28.