OLTINGUGURT–KUNGABOQAR YOGʻI ASOSIDAGI KOMPOZIT SORBENT POLISULFID FRAGMENTLARINI DFT USULIDA OʻRGANISH: OLTINGUGURT ZANJIRI UZUNLIGINING TUZILISH, REAKSION QOBILIYAT VA Pb(II), Cu(II) NI BOGʻLASHGA TAʼSIRI
Halimova R. A.
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida elementar oltingugurt va kungaboqar yogʻidan teskari vulkanizatsiya usulida olinadigan kompozit sorbentning polisulfid fragmentlari zichlik funksionali nazariyasi (DFT) yordamida oʻrganilgan. Triglitserid zanjirlarini bogʻlovchi oltingugurt koʻprikchalari CH3SnCH3 (n = 1–4) molekulalari bilan modellashtirilib, B3LYP-D3(BJ)/def2-TZVP//def2-SVP darajasida ularning geometriyasi, S–S bogʻ dissotsiatsiya energiyasi, chegaraviy orbitallari hamda PbCl2 va CuCl2 bilan bogʻlanishi hisoblangan. Olingan natijalarga koʻra, S–S bogʻ energiyasi disulfidda 267,5 kJ/mol, trisulfidda 208,3 kJ/mol, tetrasulfidning markaziy bogʻida esa 143,0 kJ/mol ni tashkil etadi; di- va trisulfid orasidagi farq (0,61 eV) tajribaviy qiymatga (~0,6 eV) mos keladi. Zanjir uzayishi bilan HOMO–LUMO farqi 6,67 eV dan 4,79 eV gacha kamayadi. PbCl2 bitta chetki oltingugurt atomiga bogʻlanib, BSSE bilan tuzatilgan bogʻlanish energiyasi monosulfid uchun −92,9 kJ/mol, trisulfid uchun −74,6 kJ/mol ni tashkil etadi. Tadqiqot natijalari oltingugurtga boy polimerlardan erkin oltingugurt ajralib chiqishining molekulyar sababini tushuntiradi va sorbent sintezida oltingugurt ulushini taxminan 50 mass.% bilan cheklash maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.
Adabiyotlar
- Chung W.J., Griebel J.J., Kim E.T. et al. The use of elemental sulfur as an alternative feedstock for polymeric materials // Nature Chemistry. – 2013. – Vol. 5. – P. 518–524.
- Zhang Y., Glass R.S., Char K., Pyun J. Recent advances in the polymerization of elemental sulphur, inverse vulcanization and methods to obtain functional chalcogenide hybrid inorganic/organic polymers (CHIPs) // Polymer Chemistry. – 2019. – Vol. 10. – P. 4078–4105.
- Worthington M.J.H., Kucera R.L., Albuquerque I.S. et al. Laying waste to mercury: inexpensive sorbents made from sulfur and recycled cooking oils // Chemistry – A European Journal. – 2017. – Vol. 23. – P. 16219–16230.
- Tikoalu A.D., Lundquist N.A., Chalker J.M. Mercury sorbents made by inverse vulcanization of sustainable triglycerides: the plant oil structure influences the rate of mercury removal from water // Advanced Sustainable Systems. – 2020. – Vol. 4. – Art. 1900111.
- Müller F.G., Lisboa L.S., Chalker J.M. Inverse vulcanized polymers for sustainable metal remediation // Advanced Sustainable Systems. – 2023. – Vol. 7. – Art. 2300010.
- Tobolsky A.V., Eisenberg A. Equilibrium polymerization of sulfur // Journal of the American Chemical Society. – 1959. – Vol. 81. – P. 780–782.