MAXSUS JAG‘LI MAYDALAGICH FUTEROVKASINING ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN TISH SHAKLINI OPTIMALLASHTIRISH
Karimov K. A., Axmedov A. X., Rahmonov U. J., Pardayev R. K., Pirnazarov S. X., Mirqodirov S. T. & Mirqodirova N. X.
Annotatsiya
Ushbu maqolada rudani maydalashda qo‘llaniladigan murakkab (ikki futerovkali) jag‘li maydalagich — zamonaviy tog‘-kon va boyitish sanoatida keng tarqalgan qurilmaning ishchi organi bo‘lmish futerovka tish shaklining maydalash samaradorligiga ta’siri tizimli ravishda o‘rganilgan. Amaldagi trapetsiya shaklli tishlarning tez yeyilishi, energiya sarfining yuqoriligi va maydalash sifatining pastligi eksperimental yo‘l bilan aniqlangan. Muammo yechimi sifatida umumiy massani o‘zgartirmagan holda uchburchak (o‘tkir burchakli) shaklli tishli futerovka taklif etilgan. SolidWorks muhitida chekli elementlar usuli (FEM) yordamida 3D modellashtirish o‘tkazilgan va zavod sharoitida eksperimental sinovlar amalga oshirilmoqda. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yangi tish shakli energiya sarfini 10–15% ga kamaytiradi, futerovkaning xizmat muddatini uzaytiradi va maydalash mahsulotining granulometrik tarkibini yaxshilaydi. Taklif etilayotgan konstruksiya ishlab chiqarish sharoitida tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.
Adabiyotlar
- Bond F.C. Crushing and Grinding Calculations // British Chemical Engineering. – 1961. – Vol. 6, No. 6. – P. 378–385.
- Wills B.A., Finch J. Wills' Mineral Processing Technology: An Introduction to the Practical Aspects of Ore Treatment and Mineral Recovery. 8th ed. – Oxford: Butterworth-Heinemann, 2016. – 498 p.
- Gupta A., Yan D.S. Mineral Processing Design and Operations: An Introduction. 2nd ed. – Amsterdam: Elsevier, 2016. – 882 p.
- Terva J., Valery W., Oliveira J. A laboratory investigation of rock crushing using jaw crushers // Minerals Engineering. – 2016. – Vol. 92. – P. 151–161.
- Legendre D., Zevenhoven R., Villeneuve J. Influence of jaw crusher parameters on particle size distribution and energy consumption // Minerals Engineering. – 2018. – Vol. 122. – P. 223–232.
- Lindqvist M. Wear in Jaw Crushers. PhD Thesis. – Luleå University of Technology, Sweden, 2005. – 118 p.
- Wills B.A., Napier-Munn T.J. Wills' Mineral Processing Technology. 7th ed. – Oxford: Elsevier Science & Technology Books, 2006. – 444 p.
- Zienkiewicz O.C., Taylor R.L., Zhu J.Z. The Finite Element Method: Its Basis and Fundamentals. 7th ed. – Oxford: Elsevier, 2013. – 756 p.