UGLEVODOROD GAZINI TOZALASH JARAYONIDA AJRALIB CHIQADIGAN YUQORI OLTINGUGURTLI GAZLARDAN SULFAT KISLOTA OLISHNING SAMARALI USULLARINI ISHLAB CHIQISH
Radjabova . I., To’raqulova M. Q. & Sadullayeva M. .
Annotatsiya
Bugungi kunda kimyo va gaz-kimyo sanoatining texnologik tashlama gazlarini antropogen ta’sirini kamaytirish, avvalo muayyan ifloslantiruvchi moddalardan tozalab, so`ngra innovatsion texnologiyalarni qo‘llab, texnologik jarayonlarda qayta foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga zamonaviy gaz-kimyoning dolzarb vazifalaridan biri tarkibida karbonat angidrid va vodorod sulfid saqlagan tashlama gazlarni tozalash uchun reagentlarni tanlash, jumladan gaz tarkibidagi nordon komponentlarning asosiy qismini yutishda xemosorbsion jarayonini boshqarishning ilmiy asoslarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda tashlama-mash’ala gazlarini nordon komponentlardan tozalash uchun kimyoviy reagentlar hamda atrof-muhitga ta’sir etmaydigan absorbentlar olishning samarali energiya tejamkor texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada gaz-kimyo sanoati mash’ala gazlari tarkibidagi karbonat angidrid va vodorod sulfid komponentini zararli miqdorini kamaytirish maqsadida absorbentlarni tanlash, sorbsion va kinetik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish, turli chiqindi gazlarini tozalash va tarkibini zararlantirishni jadallashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga alohida e’tibor berilmoqda.
Adabiyotlar
- Бобоқулов.Ф.Б., Фозилов С.Ф., Фазилов А.А.Табий газ таркибидаги H2S ни утилизатсия қилиш ва у асосида турли кимёвий реагент олиш. 2022 й Oзиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқаришда илм-фан ва инновацион технологиялар» мавзусидаги Халқаро илмий-амалий конференцияси 552-556 б
- Бобоқулов Ф.Б., Фозилов С.Ф., Фозилов Ҳ.С. Газлардан полимер маҳсулотлар олиш жараёни. Техник жиҳатдан тартибга солишда метрологик таъминот Республика илмий-амалий анжумани 2022 йил 20-21 май 169-172 б.
- O.B. Axmedova. Uglevodorod gazlarini tozalashda samarali absorbent kompozitsiyasini ishlab chiqish. Sciense and Edication jurnal. 2021 y.
- А.Л. Лапидус, И.А. Голубева, Ф.Г. Жагфаров. Газохимия. Ч.ИИ. первичная переработка углеводородных газов. –М.: ГРУ Нефти и газа им. И.М Губкина. 2005.-280 с.
- Проблемы и перспективы развития газохимии. Труды Мос¬ковского семинара по газохимии 2004-2005 г. Выпуск 3/ Под ред А.. Владимирова, А.Л.Лапидуса, - М.: РГУ нефти и газа им. И.М. Губкина, 2006. - 226 с