CHIQINDI GEKSANNING GAZ XROMATO-MASS-SPEKTRAL TAHLILI

Raxmatov S. S.


Annotatsiya

Uglevodorodlarga bo‘lgan talabning ortishi va yerda yuzaga kelayotgan ekologik inqiroz uglevodorod resurslaridan samarali va oqilona foydalanish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Uglevodorodlarga ekologik talablar kimyo sanoati, neft va gazni qayta ishlash korxonalarining ikkilamchi mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatini beradi. Ana shunday mahsulotlardan biri chiqindi geksan bo‘lib, u «Uz-Kor Gas Chemical» MCHJ qo‘shma korxonasida polimerlanish jarayonida suyuq ikkilamchi mahsulotning asosiy qismi parafinlar bo‘lib, ularning sifat va miqdoriy tarkibi xromatografiya bilan aniqlangan. Gaz xromatografiyasi-mass-spektrometriyasi (GC-MS) - bu gaz xromatografiyasini mass-spektrometrik detektor bilan birlashtirgan tizim bo‘lib, bu murakkab namunalarni yuqori sezuvchanlik va aniqlik bilan samarali tahlil qilish imkonini beradi. Bu usul, ayniqsa, yuqori aniqlik, tahlil chuqurligi va sezgirlikni talab qiladigan tadqiqotlar uchun javob beradi. Chiqindi geksanning gaz xromato-mass spektroskopiya yordamida aniqlangan kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda asosan normal va izo zanjirli to‘yingan va naften uglevodorodlardan tashkil topgan. Normal tuzilishli to‘yingan uglevodorodlar ulushi 78 % tashkil etgan.


Adabiyotlar

  1. Исакулова Мукаддас Шукуровна. (2022). ТАР ПРОДУКТ ХОМ-АШЁСИНИ ҚАЙТА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. \"Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)\" Vol № 2, (Iss 3) 260-267.
  2. Vohid, A., & Sherzod, R. (2024). PHYSICAL AND IR-SPECTRAL ANALYSIS OF THE FRACTION SEPARATED FROM THE WASTE OF\" UZ-KOR GAS CHEMICAL\" JV LLC. Universum: технические науки, 8(3 (120)), 41-44.
  3. Raxmatov Sherzod Shuxratovich. “UZ-KOR GAS CHEMICAL\" MCHJ QK CHIQINDISI TARKIBIDAN PARAFINLARNING YUQORI VAKILLARINI AJRATIB OLISH”. Сборник материалов международной научно –технической конференции. Проблемы инновационные предложения и решения в области химии и технологии нефти и газа Бухара; 2023. С. 77-79.