ELEKTROMONTAJ ISHLARINI BAJARISHDA KABEL LINIYALARINI O‘TKAZISH USULLARI.
Sayfiyev S. E., Djurayev S. I. & Mustayev R. A.
Annotatsiya
Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda kabel liniyalarining qo‘llanilishi bir qator muhim afzalliklarga ega. Bunday liniyalar orqali elektr ta’minoti sifatli, xavfsiz va ishonchli bo‘ladi. Kabel liniyalari tashqi ta’sirlardan, ob-havo sharoitidan himoyalangan bo‘lib, elektr uzilishlari ehtimolini kamaytiradi. Ular shahar infratuzilmasida, sanoat ob’ektlarida va turar-joy massivlarida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada kabel liniyalarini montaj qilishda qulay va samarali bo‘lgan bir necha usullar haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, еr osti orqali yotqizish, maxsus trassalardan foydalanish, zamonaviy montaj texnologiyalaridan foydalanish xarajatlarni kamaytiradi va ish unumdorligini oshiradi. To‘g‘ri tanlangan usul elektr montaj ishlarining tannarxini pasaytiradi, vaqt va mehnat resurslarini tejaydi. Bu esa, o‘z navbatida, umumiy loyiha samaradorligini oshiradi. Shu sababli kabel liniyalarini tanlashda texnik-iqtisodiy asoslar, hududning geologik sharoiti va xavfsizlik talablarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
- Правила устройства электроустановок (ПУЭ) Государственная инспекция “Узэнергонадзор”. Под общ. ред. Л.Д. Ниматуллаев, Б.Т. Ташпулатова, А.Н. Усманова МШЖ «Фан-Полиграф, 2011.
- Сибикин Ю.Д., Сибикин М.Ю. Справочник по эксплуатации электроустановок промышленных предприятий: 5-э изд., испр. и доп.- М.: Высш. шк., 2002.
- Файзиев М.М., Маматкулов А.Н., Сайфиев С.Э. “Электроснабжение” II – часть (электроснабжение промышленных предприятий). (Учебная пособия) Тошкент “VORIS NASHRIYOT” 2020
- Правила технической эксплуатации электрических станций и сетей Республики Узбекистан. Ташкент, 2005