DORI VOSITALARINI TEZKOR ANIQLOVCHI IONOSELEKTIV ELEKTRODLAR ISHLAB CHIQISHDA DODEKOMOLIBDOFOSFATLI IONOFORLARNI QO’LLANILISHI
Abduraxmonova Z. E., Xo'jaqulov K. . & Erdanov F. .
Annotatsiya
Mazkur maqolada dori vositalarini tezkor va yuqori aniqlikda aniqlovchi ionoselektiv elektrodlar ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi sifatida dodekomolibdofosfatli ionoforlarning ionoselektiv elektrodlar tarkibida qo‘llanilishi o‘rganilgan. Dodekomolibdofosfatlar – bu molibden va fosfor asosidagi kompleks kislotali tuzlar bo‘lib, ular yuqori selektivlikka ega bo‘lgan ion almashinuvi xossalari bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida dodekomolibdofosfatli ionoforlar asosida turli kompozitsion membranalar tayyorlandi va ularning fizik-kimyoviy, elektroximik xossalari sinovdan o‘tkazildi. Ular asosida yaratilgan elektrodlar orqali ba’zi farmatsevtik preparatlarning (masalan, analgetiklar, antibiotiklar) ion shakllari tezkor va ishonchli aniqlandi. Natijalar dodekomolibdofosfatli ionoforlar selektivlik va sezuvchanlik darajasini oshirishda samarali vosita ekanini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv farmatsevtik tahlil va dori nazoratida qo‘llaniladigan zamonaviy analitik texnologiyalarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Matveychuk, Y.V. Primeneniye Zn(NCS)42–- i So(NCS)42–-selektivnix elektrodov v analize prirodnix obyektov i produktov pitaniya / Y.V. Matveychuk, YE.M. Raxmanko // Jurn. analit. ximii. – 2016. − T. 71, № 5. – S. 513−518. DOI: 10.7868/S0044450216030075.
- Matveychuk, Y.V. Noviye plenochniye molibdat- i volframat selektivniye elektrodi na osnove visshix CHAS s razlichnoy stericheskoy dostupnostyu obmennogo sentra/Y.V. Matveychuk, YE.M. Raxmanko, V.V. Jilko // Metodi i obyekti xim. analiza. − 2017. – T. 12, №1. – S. 24−30. DOI:10.17721/moca.2017.24-30.
- Ceresa A., Sokalski T., Pretsch E. Influence of key parameters on the lower detection limit and response function of solvent polymeric membrane ion-selective electrodes // J. Electroanalyt. Chem.- 2001,- V. 501, N1P. 70-76.
- Smirnova A.L., Xitrova V.L., Shvake A. Membrani dlya ionoselektivnix elektrodov, soderjashiye neytralniy perenoschik i protivopolojniye po znaku zaryada ionogenniye gruppi // Ionniy obmen i ionometriya (sbornik statey) - 2000.¬ T. 10.-S. 201-214.
- Haritonov S.V. Elektroximicheskiye Harakteristiki ionoobmennix membran, selektivnix k anionam sulfanilamidnix preparatov // ElektroximiY.- 2001.- T. 37, № 12.-S. 1490-1495.