KICHIK BIZNES KORXONALARI UCHUN EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI VA STRATEGIYALAR
Mo‘minova K. .
Annotatsiya
Kichik biznes korxonalari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, ularning innovatsion imkoniyatlari va jahon bozorida raqobatbardoshlik salohiyati o‘ta yuqori. Biroq, eksport sohasida ko‘plab kichik korxonalar hali ham o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishlata olishmaydi. Ushbu tadqiqotda kichik biznes korxonalarida eksport salohiyatini oshirishning asosiy yo‘llari va samarali strategiyalari o‘rganiladi. Tadqiqotda eksportga kirishda kichik biznesning oldidagi asosiy to‘siqlar, xususan, marketing, moliyaviy resurslarning etishmasligi, logistika va huquqiy cheklovlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida kichik biznes korxonalari uchun eksportni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar va raqamli vositalar (onlayn savdo platformalari, eksport logistikasi uchun ilg‘or tizimlar)dan qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Tahlil qilingan asosiy strategiyalar qatoriga: xalqaro bozorni tahlil qilish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot diversifikatsiyasi, raqamli marketing va brendni rivojlantirish, davlat tomonidan beriladigan qo‘llab-quvvatlash vositalaridan foydalanish kiradi. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes korxonalarini eksport salohiyatini oshirish uchun samarali strategiyalar va amaliy tavsiyalar bilan ta’minlashdir. Ushbu tavsiyalar orqali kichik bizneslar xalqaro bozorga kirishda muvaffaqiyatli bo‘lishlari, yangi bozorlarni egallashlari va o‘z mahsulotlarini global miqyosda tanitishlari mumkin. Tadqiqot O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa muhim, chunki kichik biznesni rivojlantirish eksport salohiyatining oshishiga bevosita ta’sir qiladi va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi.
Adabiyotlar
- Kambarova, Sh. M. (2019). Kichik biznesning eksport salohiyatini oshirishda jahon tajribasi. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
- K.Y.Mo‘minova. “Farg‘ona viloyatining ijtimoi-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari”. Yoshlar va ilm-fan-2023.
- Abduqahhorov, A. (2020). Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish. Toshkent: Iqtisodiyot va biznes nashr.
- Turaev, M. T. (2021). Tashqi savdo va kichik biznes: amaliy va nazariy yondashuvlar. Samarqand: Samarqand iqtisodiyot va biznes instituti.
- Baron, G., & Thiel, D. (2017). Small Business Internationalization and Exporting: A Global Perspective. New York: Routledge.
- OECD (Organization for Economic Co-operation and Development). (2018). Small and Medium-sized Enterprises (SMEs) and their Role in the Global Economy. OECD Publishing.
- K.Y. Mo‘minova. Kichik biznesni rivojlantirish yo‘llari. “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim omili” nomli ilmiy-amaliy konfrensiya -2024