FONETIK TRANSKRIPSIYALI NUTQ SINTEZI UCHUN LINGVOTEXNOLOGIK YONDASHUV
Norov A. M. & Togʻayev I. B.
Annotatsiya
Maqolada oʻzbek tilidagi matnni xalqaro fonetik alifbo (XFA)dagi transkripsiya belgilariga konvertatsiya qilish hamda ushbu transkripsion model asosida matnni ovozlashtirishga moʻljallangan “Transcription Reader of Uzbek Text” nomli veb-ilova haqida soʻz yuritiladi. Bu veb-ilovani yaratishdan asosiy maqsad foydalanuvchi tomonidan lotin yoki kirill grafikasida kiritilgan oʻzbekcha matnni XFAdagi mos transkripsion belgilar tizimi bilan almashtirish, uni ovozlashtirish va audio-faylga aylantirish orqali oʻzbek fonetikasini raqamli texnologiyalar yordamida oʻqitishning dasturiy tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir. Shu bilan birga maqolada mazkur tizimning arxitekturasi, ishlash tamoyili haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, tizimning samaradorligi xalqaro F1-Score metrikasida baholangan, natijalar tahlili grafik shaklda taqdim etilgan.
Adabiyotlar
- Гвоздев Ф. С. Фонетика современного русского языка. — Москва: Учпедгиз, 1954. — 300 с.
- Торсуев Г. П. Вопросы орфоэпии и фонетики. — Москва: Наука, 1981. — 248 с.
- Jurafsky D., Martin J. H. Speech and Language Processing: An Introduction to Natural Language Processing, Computational Linguistics, and Speech Recognition. — 3rd ed. — Pearson, 2023. — 1024 p.
- Taylor P. Text-to-Speech Synthesis. — Cambridge: Cambridge University Press, 2009. — 626 pages.
- Karimov H. Oʻzbek tilining fonetikasi va fonologiyasi. — Toshkent: OʻzMU nashriyoti, 2019. — 210 b.
- Narzullayev A. Pythonda dasturlash asoslari. — Toshkent: Akademnashr nashriyoti, 2021. — 336 b.
- Google Developers. gTTS – Text-to-Speech API Reference [Elektron resurs]. — URL: https://pypi.org/project/gTTS/ (Murojaat qilingan sana: 10.04.2025).
- Amazon Web Services. Amazon Polly Documentation [Elektron resurs]. — URL: https://docs.aws.amazon.com/polly/ (Murojaat qilingan sana: 10.04.2025).