TO‘G‘RI TO‘RTBURCHAK SHAKLLI EGILUVCHAN ANIZOTROP PLASTINKANING SONLI HISOBI TAHLILI

Eshqarayeva N. G., Gulliyeva G. B. & Sayfiyeva M. F.


Annotatsiya

Ushbu maqolada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan egiluvchan anizotrop plastinkaning egilish jarayoni sonli usullar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot masalasi klassik plastinkalar nazariyasi doirasida qo‘yilib, plastinkaning geometrik o‘lchamlari, chegaraviy shartlari, materialning anizotrop mexanik xossalari hamda tashqi yuklamaning ta’siri kompleks ravishda hisobga olingan. Anizotrop plastinkaning mexanik xatti-harakati elastiklik nazariyasining asosiy qonunlariga tayangan holda modellashtirilib, uning egilishi to‘rtinchi tartibli xususiy hosilali differensial tenglama yordamida matematik jihatdan ifodalangan. Maqolada mazkur differensial tenglamani yechish uchun mos sonli usul tanlanib, hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan va uning barqarorligi hamda aniqligi tahlil qilingan. Sonli tajribalar orqali plastinkaning maksimal egilishi, deformatsiya taqsimoti va yuklama o‘zgarishiga bog‘liq holatlari o‘rganilgan. Olingan natijalar plastinkaning anizotrop xossalari egilish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi hamda turli geometrik va mexanik parametrlar ta’sirini baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari anizotrop plastinkalardan tashkil topgan muhandislik konstruksiyalarini loyihalash va ularning mustahkamlik hamda deformatsion xususiyatlarini baholashda amaliy ahamiyatga ega.


Adabiyotlar

  1. Амбарсумян С. А.Теория анизотропних пластин. - М: Наука,1987.-360с.
  2. Бадалов Ф.Б., Ганиханов Ш.Ф. Вибратсии наследственно-деформируемых элементов конструкции летателных аппаратов. – Ташкент: ТашГАИ, 2002. - 230с.
  3. Александров А.В, Потапов В.Д. Основы теории упругости и пластичности. - М.: Высшая школа, 1990. – 405 c.
  4. Лехницкий С.Г. Анизотропные пластинки. - М. –Л.: Гостехтеориздат, 1947. – 355 с.
  5. Нежданов К.К. О неклассических смешанных задачах анизотропных пластин с переменными упругими характеристиками // Строит.мех.и расчет сооружений. – Москва. - 1990. - Н5. – C. 29-32.
  6. Назиров Ш.А., Эшкараева Н.Г. Автоматизация расчета гибких анизотропных пластин сложной формы //Докл. АН РУз. – Ташкент. - 2000. - №8. – С. 22-24.
  7. Назиров Ш.А., Эшкараева Н. Г. Описание модулей для расчета анизотропных гибких пластин со сложной конфигуратсии // Проблемы управления и информатики: Докл. Междун. конф. 19-22 сентября 2000. - С. 347-349.
  8. Назиров Ш.А., Эшкараева Н.Г. Вычислителный алгоритм расчета анизотропных гибких пластин со сложной формой // Вопр. вычисл. и прикл. математики: Сб. науч.тр. - Ташкент, ИК АН РУз, 1999. - вып. 106. - С.82-89.
  9. Narzullayeva Malika. “Chegaralari bo‘ylab turli shartlar ostida bo‘lgan izotrop plastinkaning sonli hisobi”. Dessirtatsiya. Qarshi-2025.
  10. Xujamurotova Mashxura. “R-funksiya usuli(rfm) yordamida murakkab shaklli nochiziqli anizotrop plastinkalarning kuchlanish deformatsion holatini(kdh) matematik modellashtirish”. Dessirtatsiya Qarshi-2021.
  11. Hwu Chyanbin. Анизотропные пластины с отверстиями различной формы при равномерном нагружении или чистом изгибе // Trans ASME.J. Appl.Mech. - 1990. - 57. N 3. - С.700-706 (англ).