GALERKIN USULI YORDAMIDA IKKINCHI TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMA UCHUN QO‘YILGAN CHEGARAVIY MASALANI TAQRIBIY YECHISH
Ismoilov A. I. & Adhamova V. E.
Annotatsiya
Mazkur maqolada ikkinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglama uchun qo‘yilgan chegaraviy masalani Galyorkin usuli yordamida taqribiy yechish masalasi ko‘rib chiqiladi. Differensial tenglama uchun berilgan bir jinsli bo‘lmagan chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi xususiy funksiya tanlanadi hamda bir jinsli chegaraviy shartlarga mos bazis funksiyalar yordamida taqribiy yechim quriladi. Galyorkin usulining asosiy g‘oyasiga ko‘ra qoldiq funksiyaning bazis funksiyalar bilan ortogonalligi sharti qo‘llaniladi. Natijada noma’lum koeffitsiyentlarga nisbatan algebraik tenglamalar sistemasi hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan sistema yechilib, masalaning taqribiy analitik yechimi aniqlanadi. Olingan natijalar Galyorkin usulining differensial tenglamalar uchun qo‘yilgan chegaraviy masalalarni yechishda samarali va amaliy jihatdan qulay usullardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Alexander A. Samarskii, Andrey V. Gulin. Chislennye metody [Numerical Methods]. Moskva: Nauka, 1989.
- Leonid V. Kantorovich, Vladimir I. Krylov. Priblizhennye metody vysshego analiza [Approximate Methods of Higher Analysis]. Moskva–Leningrad, 1952.
- Richard Courant, David Hilbert. Methods of Mathematical Physics. New York: Interscience Publishers, 1962.
- Lev D. Landau, Evgeny M. Lifshitz. Electrodynamics of Continuous Media. Oxford: Pergamon Press, 1984.
- Kendall E. Atkinson. An Introduction to Numerical Analysis. New York: John Wiley & Sons, 1989.
- Gilbert Strang, George J. Fix. An Analysis of the Finite Element Method. New Jersey: Prentice Hall, 1973.
- Claes Johnson. Numerical Solution of Partial Differential Equations by the Finite Element Method. Cambridge: Cambridge University Press, 1987.
- Lothar Collatz. The Numerical Treatment of Differential Equations. Berlin: Springer, 1960.
- Aleksey N. Tikhonov, Alexander A. Samarskii. Equations of Mathematical Physics. Moscow: Nauka, 1977.
- Islomov T., Sotvoldiyev O. Oddiy differensial tenglamalar va ularni yechish usullari. Toshkent, 2010.
- J. N. Reddy. An Introduction to the Finite Element Method. New York: McGraw-Hill, 2006.
- Olek C. Zienkiewicz, Robert L. Taylor. The Finite Element Method. Oxford: Butterworth-Heinemann, 2000.